Sittaford jumbog'i
"Sittaford jumbog'i" (inglizcha: The Sittaford Mystery, 1931) - Agata Kristining detektiv romani. SSSRda roman birinchi marta 1986 yilda "Наука и религия" jurnalining 7-10-sonida[1], keyin esa Lenizdat nashriyoti[2] tomonidan nashr etilgan.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dartmurdagi (Devonshire grafligi) kichik Sittaford qishlog'i butunlay qor bilan qoplangan. Janubiy Afrikadan tashrif buyurgan Uilett xonim ruhlarni chaqirish uchun spiritual seans o'tkazmoqda. Unda ruh uyni Miss Uilletga ijaraga bergan va Ekzempton shahriga ko'chib o'tgan uy egasi kapitan Trevilyanning o'ldirilishi haqida e'lon qiladi. Kapitanning eng yaqin do'sti mayor Barnabi Trevelyandan qor bo'roni payti xabar olish uchun boradi va uning murdasini topadi. Qotillikni tergov qilish inspektor Narrakotga topshiriladi, inspektor Narrakot o'sha kuni shaharda bo'lgan o'ldirilgan odamning jiyani Jeyms Pirsondan shubhalanadi va uni hibsga oladi. Hibsga olingan Pirsonning unashtirilgan sevgilisi Emili Trefusis parallel tergov olib boradi.
Asardagi qahramonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Jozef Trevilyan - boy odam, sobiq kapitan
- Emili Trefusis - Pirsonning kelini. Haqiqiy qotilni aniqlash uchun harakat qilib, mustaqil tergov olib boradi
- Jim Narrakott - politsiya xodimi, tergov ishlarini olib boradi
- Jon Barnabi - mayor, o'ldirilgan kapitan Trevilyanning eng yaqin do'sti
- Gloria Uillett - ruhlarni chaqirish uchun seans bo'lib o'tgan uyning ijarachisi
- Violetta Uilett - Miss Uiletning qizi
- Ronald Garfild - Sittafordda yashovchi fuqaro
- Janob Raykroft - Sittafordda yashovchi fuqaro
- Janob Dyuk - Sittafordda yashovchi fuqaro
- Jeyms Pirson - o'ldirilgan kapitan Trevilyanning jiyani. Bosh gumondor
- Charlz Enderbi - jurnalist, Emiliga tergovni olib borishga yordam beradi
Filmga moslashtirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yilda Agata Kristining Marpl Xonim turkumidan telefilm ishlab chiqilgan. Kinodagi voqea-hodisalar o'zgartirilgan va kinodagi voqea - hodisalar asar syujetidan keskin farq qiladi.
- Ba'zi qahramonlarning yoshi o'zgartirildigan.
- Trevilyanning ismi kinoda Klayv, romanda Jozefga o'zgartirilgan.
- Ko'pgina qahramonlarning o'tmish hayoti o'zgartirilgan.
- Asarda Marpl xonim mavjud emas, lekin kinoda bor.
- Inspektor Narrakott yo'q.
- Qotilning shaxsi.
- ↑ Бавин С. П. Зарубежный детектив XX века. — М.: Книжная палата, 1991. — С. 89. — ISBN 5-7000-0247-7
- ↑ „Библиография А. Кристи“. 2012-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 3-noyabr.